Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi
Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning napxlapiga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart.
Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.
Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi.
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda (ushbu Kodeksning 281-moddasi) ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi.
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shaptnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shaptlapi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish