Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 280-modda

Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi

Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.

Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.

Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin:

1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan boʻlsa, bundan mazkur mol-mulkni garovga berish chogʻida zarur boʻlgan rozilik yoki ruxsat olingan hollar mustasno;

2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa;

3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.