Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- FuqarolikCIVIL · 260-modda
Neustoyka tushunchasi
Qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi neustoyka hisoblanadi. Neustoyka toʻlash haqidagi talab boʻyicha kreditor oʻziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas. Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab taʼminlanadi. Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmasa, kreditor neustoyka toʻlashni talab qilishga haqli emas.
- FuqarolikCIVIL · 261-modda
Neustoyka shakllari
Neustoyka jarima yoki penya shaklida boʻladi. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda toʻlaydigan va qoida tariqasida, qatʼiy pul summasida hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi. Qarzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida toʻlaydigan va oʻtkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi.
- FuqarolikCIVIL · 26¹-modda
Jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi
Jismoniy shaxs pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin. Jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topishning asoslari, tartibi va oqibatlari qonunda belgilanadi.
- FuqarolikCIVIL · 262-modda
Neustoyka toʻgʻrisidagi kelishuvning shakli
Neustoyka toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuzilishi kerak.
- FuqarolikCIVIL · 263-modda
Qonuniy neustoyka
Neustoyka toʻlash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni toʻlashni talab qilishga haqli. Qonuniy neustoykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflarning kelishuvi bilan koʻpaytirilishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 264-modda
Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garovga koʻra qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha oʻz talabi garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi boʻlgan shaxs (garovga qoʻyuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda tutilgan tartibda, haqli boʻladi. Garovga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoʻqotganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun sugʻurta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sugʻurta qilingan boʻlishidan qatʼi nazar, oʻz talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yoʻqotish yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi javobgar boʻlgan sabablarga koʻra yuz bergan boʻlmasa. Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.
- FuqarolikCIVIL · 265-modda
Garov turlari
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin. Garovga qoʻyiladigan mulk garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga oluvchiga oʻtkazilganda garov zakalat deb hisoblanadi. Koʻchmas mulkni garovga qoʻyish ipoteka hisoblanadi.
- FuqarolikCIVIL · 266-modda
Garovga qoʻyuvchi
Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
- FuqarolikCIVIL · 267-modda
Garov narsasi
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talabnomalar, xususan hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno. Fuqarolarning undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonunchilik bilan man etilishi yoki cheklanishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 268-modda
Garov bilan taʼminlanadigan talab
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi.
- FuqarolikCIVIL · 269-modda
Garovga qoʻyilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoladi. Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi. Garov narsasi garovga oluvchi tomonidan qulflangan va muhrlangan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin. Garov narsasi garovga qoʻyilganligini bildiruvchi belgilar qoʻygan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov). Garovga qoʻyuvchi tomonidan egalik qilish yoki foydalanish uchun vaqtincha uchinchi shaxsga topshirilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi. Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qoʻyilganida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga topshiriladi.
- FuqarolikCIVIL · 27-modda
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma ravishda maʼqullaganidan soʻng, u ham haqiqiy hisoblanadi. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli: 1) oʻz ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 2) fan, adabiyot yoki sanʼat asarining, ixtironing yoxud oʻz intellektual faoliyatining qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish; 3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qoʻyish va ularni tasarruf etish; 4) ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq oʻzlari tuzgan bitimlar boʻyicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar boʻladilar. Bunday voyaga yetmaganlar oʻzlari yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga muvofiq javobgar boʻladilar. Yetarli asoslar mavjud boʻlganida sud ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning yoxud vasiylik va homiylik organining iltimosnomasiga muvofiq oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganning oʻz ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyishi yoki bu huquqdan mahrum qilishi mumkin, bunday voyaga yetmagan shaxs ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismiga yoki 28-moddasiga muvofiq toʻla hajmda muomala layoqatiga ega boʻlgan hollar bundan mustasno.
- FuqarolikCIVIL · 270-modda
Garov huquqining vujudga kelishi
Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa — notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa — u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Basharti, garov narsasi qonunga yoki shartnomaga asosan garovga qoʻyuvchida boʻlishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytdan, basharti bunday topshirish shartnoma tuzilishidan avval amalga oshgan boʻlsa — shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
- FuqarolikCIVIL · 271-modda
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati yoxud garov narsasini hamda garov bilan taʼminlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi kerak. Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin. Garov bilan taʼminlanadigan majburiyat garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin boʻlgan majburiyatning eng koʻp summasini koʻrsatish yoʻli bilan identifikatsiya qilinishi mumkin. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulkka doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Ushbu moddaning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov toʻgʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
- FuqarolikCIVIL · 272-modda
Garovga oluvchining huquqlari joriy qilinadigan mol-mulk
Garov narsasi boʻlgan ashyoga garovga oluvchining huquqlari (garov huquqi), agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyoning kimga mansubligiga qarab joriy qilinadi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan hosil, mahsulot va daromadlarga garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda joriy qilinadi. Butun korxona yoki boshqa mulkiy kompleks ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi koʻchmas va koʻchar mol-mulkning hammasiga, shu jumladan talab qilish huquqi va mutlaq huquqlarga, shu bilan bir qatorda ipoteka davrida olingan huquqlarga ham, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, joriy qilinadi. Bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning oʻzida oʻsha shartnoma boʻyicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qoʻyilayotgan obyekt ishlashini taʼminlaydigan qismini yoki garovga qoʻyuvchiga qarashli boʻlgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qoʻygan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Yer uchastkasini ipotekaga qoʻyishda garov huquqi, agar shartnomada boshqacha shart nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining ushbu uchastkada boʻlgan yoki qurilayotgan binolari va inshootlariga joriy qilinmaydi. Shartnomada bunday shart boʻlmasa, undiruv garovga qoʻyilgan yer uchastkasiga qaratilgan taqdirda garovga qoʻyuvchi yer uchastkasi uning bino yoki inshootdan oʻz oʻrnida foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini saqlab qoladi. Uchastkaning bu qismidan foydalanish shartlari garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvi asosida, nizo chiqqan taqdirda esa — sud tomonidan belgilanadi. Agar garovga qoʻyuvchiga emas, balki boshqa shaxsga qarashli binolar yoki inshootlar joylashgan yer uchastkasiga ipoteka belgilangan boʻlsa, garovga oluvchi undiruvni ushbu uchastkaga qaratganida va u kimoshdi savdosida sotilganida garovga qoʻyuvchining ushbu shaxsga nisbatan huquq va burchlari uchastkani sotib oluvchiga oʻtadi. Garov toʻgʻrisidagi shartnomada, qonun asosida paydo boʻladigan garovga nisbatan esa — qonunda, garovga qoʻyuvchi kelajakda ega boʻladigan ashyolarni va mulkiy huquqlarni garovga qoʻyish nazarda tutilishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 273-modda
Navbatdagi garov
Garovda turgan mol-mulk garovga qoʻyuvchi tomonidan boshqa talablarni taʼminlash uchun garovga (navbatdagi garovga) berilishi mumkin. Navbatdagi garovga, agar u garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Garovga qoʻyuvchi har bir navbatdagi garovga oluvchiga ushbu mol-mulkning mavjud boʻlgan barcha garovlari haqida maʼlum qilishi shart va u ushbu majburiyatni bajarmaslik tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi. Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday gapov shartnomasi oldingi shartnomada koʻrsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Koʻrsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni garovga qoʻyuvchidan talab qilishga haqlidir. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulk boshqa talablarni taʼminlash uchun yana bir garovning (navbatdagi garovning) narsasiga aylansa, navbatdagi garovga oluvchining talablari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mazkur mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
- FuqarolikCIVIL · 274-modda
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni saqlash va asrash
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab (ushbu Kodeksning 269-moddasi): 1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan taʼminlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan sugʻurtalashi; 2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi; 3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tarafni darhol ogohlantirishi shapt. Garovga oluvchi va garovga qoʻyuvchi ikkinchi tarafdagi garovga qoʻyilgan mol-mulkning mavjudligini, miqdorini, holatini va uni saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda tekshirishga haqli. Garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan burchlarni garovga qoʻyilgan mol-mulkning yoʻqolish yoki shikastlanish xavfini tugʻdiradigan darajada qoʻpol suratda buzganida garovga qoʻyuvchi garovni muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 275-modda
Garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishining oqibatlari
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga oladi. Agar garovga oluvchi ushbu Kodeksning 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, u oʻziga topshirilgan garov narsasining butunlay yoki qisman yoʻqolganligi yoxud shikastlanganligi uchun javob beradi. Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chogʻida qancha summaga baholangan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasiga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi. Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli. Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolishi yoki shikastlanishi tufayli garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor boʻlgan garovga qoʻyuvchi garov narsasining yoʻqolishi yoki shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisidagi talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 276-modda
Garov narsasini almashtirish va tiklash
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoxud unga boʻlgan mulk huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa — sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 277-modda
Garov narsasidan foydalanish va uni tasarruf etish
Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qoʻyuvchi garov narsasidan uning vazifasiga koʻra foydalanishga, shu jumladan undan hosil va daromadlar olishga haqli. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va garovning mohiyatidan anglashilmasa, garovga qoʻyuvchi faqat garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berishga, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshipishga yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli. Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina foydalanishga haqli boʻlib, garovga qoʻyuvchiga undan foydalanish toʻgʻrisida muntazam hisobot bepib turadi. Shartnomaga muvofiq garovga oluvchi zimmasiga asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, garov narsasidan hosil va daromadlar olish burchi yuklab qoʻyilishi mumkin.