Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- FuqarolikCIVIL · 1164-modda
Ommaviy tartib toʻgʻrisidagi izoh
Chet el huquqini qoʻllanish Oʻzbekiston Respublikasining huquq-tartiboti asoslariga (ommaviy tartibga) zid keladigan hollarda chet el huquqi qoʻllanilmaydi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllaniladi. Tegishli chet el davlatining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimi Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimidan farqlanishigina chet el huquqini qoʻllashni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin emas.
- FuqarolikCIVIL · 1165-modda
Qatʼiy normalarni qoʻllash
Ushbu boʻlim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi huquqining tegishli munosabatlarni, qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqdan qatʼi nazar, tartibga soluvchi qatʼiy normalari amal qilishiga daxldor emas. Biron-bir mamlakatning huquqi ushbu boʻlim qoidalariga muvofiq qoʻllanilganda, agar ana shu mamlakatning huquqiga koʻra bunday normalar qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqdan qatʼi nazar, tegishli munosabatlarni tartibga solishi lozim boʻlsa, sud boshqa mamlakatning ana shu munosabatlar bilan uzviy aloqada boʻlgan qatʼiy huquq normalarini qoʻllashi mumkin. Bunda sud bunday normalarning vazifasini va xususiyatini, shuningdek ularni qoʻllash oqibatlarini eʼtiborga olishi lozim.
- FuqarolikCIVIL · 1166-modda
Huquqiy tizimlari koʻp boʻlgan mamlakatning huquqini qoʻllash
Bir necha hududiy yoki boshqa huquqiy tizim amal qilib turgan mamlakatning huquqini qoʻllash lozim boʻlgan hollarda huquqiy tizim shu mamlakat huquqiga muvofiq holda qoʻllaniladi.
- FuqarolikCIVIL · 1167-modda
Retorsiyalar
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlariga maxsus cheklovlar qoʻygan davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan javob tariqasida cheklovlar (retorsiyalar) belgilashi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 1168-modda
Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni
Jismoniy shaxs qaysi mamlakatning fuqarosi boʻlsa, shu mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Shaxs ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega boʻlgan taqdirda u qaysi mamlakat bilan eng koʻp uzviy bogʻlangan boʻlsa, uning uchun oʻsha mamlakat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Qochoqqa unga boshpana bergan mamlakatning qonuni shaxsiy qonun hisoblanadi.
- FuqarolikCIVIL · 1169-modda
Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari
Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadilar, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxsning bitimlar va zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan fuqarolik muomala layoqati bitimlar tuzilgan yoki zarar yetkazilishidan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzaga kelgan mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi. Jismoniy shaxsning xususiy tadbirkor boʻlish hamda bu bilan bogʻliq huquqlar va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati jismoniy shaxs xususiy tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi. Roʻyxatga olish mamlakati boʻlmaganda, xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan asosiy joy boʻlgan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi. Jismoniy shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish sud qaysi mamlakatniki boʻlsa, shu mamlakat huquqiga boʻysunadi.
- FuqarolikCIVIL · 117-modda
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas, ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno. Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim boʻyicha olgan hamma narsani ikkinchi tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa — uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart. Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, ikkinchi tarafga u koʻrgan haqiqiy zararni toʻlashi shart.
- FuqarolikCIVIL · 1170-modda
Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va uni vafot etgan deb eʼlon qilish
Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va uni vafot etgan deb eʼlon qilish sud qaysi mamlakatniki boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqiga boʻysunadi.
- FuqarolikCIVIL · 1171-modda
Jismoniy shaxsning ismi-sharifi
Jismoniy shaxsning ismga, undan foydalanishga va uni himoya qilishga boʻlgan huquqi, agar ushbu Kodeks 19-moddasining toʻrtinchi va yettinchi qismlarida, 1179 va 1180-moddalarida nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha tartib kelib chiqmasa, uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi.
- FuqarolikCIVIL · 1172-modda
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi qoʻllaniladi.
- FuqarolikCIVIL · 1173-modda
Fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlarni tan olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tegishli davlatlarning qonunlari boʻyicha tuzilgan fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlar legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
- FuqarolikCIVIL · 1174-modda
Vasiylik va homiylik
Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsizlar yoki muomala layoqati cheklangan voyaga yetgan shaxslar ustidan vasiylik yoki homiylik sud qaysi mamlakatga tegishli boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi va bekor qilinadi. Vasiyning (homiyning) vasiylikni (homiylikni) qabul qilish majburiyati uning vasiy (homiy) tomonidan belgilanadigan shaxsiy qonuni boʻyicha aniqlanadi. Vasiy (homiy) va vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar muassasasi vasiyni (homiyni) tayinlagan mamlakat huquqi boʻyicha aniqlanadi. Biroq vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi, basharti bu mazkur shaxs uchun qulayroq boʻlsa, qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ustidan belgilangan vasiylik (homiylik), agar Oʻzbekiston Respublikasi tegishli konsullik muassasasining vasiylik (homiylik) belgilanishiga yoki uning tan olinishiga qarshi qonunga asoslangan eʼtirozlari boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
- FuqarolikCIVIL · 1175-modda
Yuridik shaxsning qonuni
Yuridik shaxs qaysi mamlakatda taʼsis etilgan boʻlsa, shu mamlakatning huquqi mazkur yuridik shaxsning qonuni hisoblanadi.
- FuqarolikCIVIL · 1176-modda
Yuridik shaxsning huquq layoqati
Yuridik shaxsning fuqarolik huquq layoqati yuridik shaxsning qonuni bilan belgilanadi. Chet el yuridik shaxsi oʻz organi yoki vakilining bitim tuzish vakolatlaridagi chet el yuridik shaxsining organi yoki vakili bitim tuzgan mamlakatning huquqi uchun nomaʼlum boʻlgan cheklovlarni vaj qilib keltirishi mumkin emas.
- FuqarolikCIVIL · 1177-modda
Oʻzbekiston Respublikasida chet el yuridik shaxslari faoliyatining milliy tartibi
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunida chet el yuridik shaxslari uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan tadbirkorlik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshiradilar.
- FuqarolikCIVIL · 1178-modda
Chet el elementi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi
Chet el elementi bilan davlat ishtirokidagi fuqarolik huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu boʻlim qoidalari umumiy asoslarda qoʻllanadi.
- FuqarolikCIVIL · 1179-modda
Shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish
Shaxsiy nomulkiy huquqlarga nisbatan bunday huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab uchun asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holat sodir etilgan mamlakat huquqi qoʻllaniladi.
- FuqarolikCIVIL · 118-modda
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismi va 28-moddasida nazarda tutilgan hollarda toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
- FuqarolikCIVIL · 1180-modda
Intellektual mulkka boʻlgan huquq
Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga nisbatan bu huquqlarni himoya qilish soʻraladigan mamlakat huquqi qoʻllaniladi. Intellektual mulkka boʻlgan huquq haqidagi shartnomalar ushbu boʻlimning shartnoma majburiyatlari toʻgʻrisidagi qoidalariga muvofiq belgilanadigan huquq bilan tartibga solinadi.
- FuqarolikCIVIL · 1181-modda
Bitimning shakli
Bitimning shakli u tuziladigan joy huquqiga boʻysunadi. Biroq chet elda tuzilgan bitim, agar Oʻzbekiston Respublikasi huquqi talablariga rioya etilgan boʻlsa, shaklga rioya etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Loaqal ishtirokchilaridan bittasi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan tashqi iqtisodiy bitim, qayerda tuzilayotganidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuziladi. Koʻchmas mulk xususidagi bitimning shakli bu mulk joylashgan mamlakat huquqiga boʻysunadi, Oʻzbekiston Respublikasida davlat reyestrida qayd etilgan koʻchmas mulkka nisbatan esa, Oʻzbekiston Respublikasi huquqiga boʻysunadi.