Qatʼiy normalarni qoʻllash
Ushbu boʻlim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi huquqining tegishli munosabatlarni, qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqdan qatʼi nazar, tartibga soluvchi qatʼiy normalari amal qilishiga daxldor emas.
Biron-bir mamlakatning huquqi ushbu boʻlim qoidalariga muvofiq qoʻllanilganda, agar ana shu mamlakatning huquqiga koʻra bunday normalar qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqdan qatʼi nazar, tegishli munosabatlarni tartibga solishi lozim boʻlsa, sud boshqa mamlakatning ana shu munosabatlar bilan uzviy aloqada boʻlgan qatʼiy huquq normalarini qoʻllashi mumkin. Bunda sud bunday normalarning vazifasini va xususiyatini, shuningdek ularni qoʻllash oqibatlarini eʼtiborga olishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish