Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1174-modda

Vasiylik va homiylik

Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsizlar yoki muomala layoqati cheklangan voyaga yetgan shaxslar ustidan vasiylik yoki homiylik sud qaysi mamlakatga tegishli boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi va bekor qilinadi.

Vasiyning (homiyning) vasiylikni (homiylikni) qabul qilish majburiyati uning vasiy (homiy) tomonidan belgilanadigan shaxsiy qonuni boʻyicha aniqlanadi.

Vasiy (homiy) va vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar muassasasi vasiyni (homiyni) tayinlagan mamlakat huquqi boʻyicha aniqlanadi. Biroq vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi, basharti bu mazkur shaxs uchun qulayroq boʻlsa, qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ustidan belgilangan vasiylik (homiylik), agar Oʻzbekiston Respublikasi tegishli konsullik muassasasining vasiylik (homiylik) belgilanishiga yoki uning tan olinishiga qarshi qonunga asoslangan eʼtirozlari boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.