Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1168-modda

Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni

Jismoniy shaxs qaysi mamlakatning fuqarosi boʻlsa, shu mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Shaxs ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega boʻlgan taqdirda u qaysi mamlakat bilan eng koʻp uzviy bogʻlangan boʻlsa, uning uchun oʻsha mamlakat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi.

Fuqaroligi boʻlmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi.

Qochoqqa unga boshpana bergan mamlakatning qonuni shaxsiy qonun hisoblanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.