Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1169-modda

Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari

Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadilar, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.

Jismoniy shaxsning bitimlar va zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan fuqarolik muomala layoqati bitimlar tuzilgan yoki zarar yetkazilishidan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzaga kelgan mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi.

Jismoniy shaxsning xususiy tadbirkor boʻlish hamda bu bilan bogʻliq huquqlar va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati jismoniy shaxs xususiy tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi. Roʻyxatga olish mamlakati boʻlmaganda, xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan asosiy joy boʻlgan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi.

Jismoniy shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish sud qaysi mamlakatniki boʻlsa, shu mamlakat huquqiga boʻysunadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.