Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 114-modda
Temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Zarurat boʻlmay turib, oʻzboshimchalik bilan poyezdni toʻxtatish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yuk poyezdlarida oʻzboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 115-modda
Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish
Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 116-modda
Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish
Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga oʻxshash biror-bir belgi va qurilma oʻrnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini oʻrnatish qoidalarini bajarmaganlik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tegishli ruxsati boʻlmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorugʻlik bilan taʼminlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda boʻlgan ekipaj aʼzolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsiridagi yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi axborotni qasddan buzib koʻrsatish, bortdagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalarining maʼlumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bogʻliq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yoʻq qilib yuborish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 116¹-modda
Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 116²-modda
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 116³-modda
Aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni buzish
Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtmagan shaxslarni, qoʻl yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga koʻmaklashish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 117-modda
Havo kemasida yurish-turish qoidalarini buzish
Havo kemasida boʻlgan shaxslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj aʼzosining farmoyishlarini bajarmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish — foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 118-modda
Suv transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Suv transporti sohasida kemalarning portga kirishi va portdan chiqishi, port suvlarida kemalarning harakati va turishi hamda shatakka olinishi qoidalarini yoxud signal chiroqlari berish, tovush signallar, shuningdek koʻrilma va kunduzgi signallar almashinishning belgilangan tartibini buzish yoki kema yoʻliga baliq tutish qurilmalarini oʻrnatish — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Port suvlarida tegishli ruxsati boʻlmay turib gʻavvoslik ishlarini bajarish, shunday ishlarni olib borgan chogʻda signallar berish qoidalariga rioya qilmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Suv transportida xavfsizlikni taʼminlovchi signal va aloqa inshootlari hamda qurilmalarini shikastlantirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 119-modda
Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish
Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yongʻinga qarshi va avariya qutqaruv vositalari bilan taʼminlanmagan yoki qonunchilik talablariga zid ravishda qayta jihozlangan kemalardan yoxud kichik hajmli kemalardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Kemani yoki motorli kichik hajmli kemani kemalarni boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomondan boshqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Kemalardan yoki kichik hajmli kemalardan, shuningdek kemalar yoki kichik hajmli kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish, texnik nosozligi boʻlgan, foydalanilishi taqiqlangan kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 12-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish
Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan koʻra bilgan boʻlsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb oʻylagan boʻlsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda oldindan koʻra bilmagan boʻlsa, bunday maʼmuriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 120-modda
Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish
Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 121-modda
Transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish
Lokomotivlar, vagonlar, daryo va havo kemalari, xuddi shuningdek hamma turdagi maxsus transportlarning oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 123-modda
Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish
Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari, shahar yoʻlovchilar transportidan va suv transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 124-modda
Transportda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish
Transportda belgilangan yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 125-modda
Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi boʻlgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha bilan jihozlanmagan, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻxtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xalqaro avtomobil tashuvlarini hamda M3 va N3 toifali avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharlararo (400 km va undan ortiq masofada) tashishni raqamli nazorat uskunalarisiz (taxografsiz, nosoz taxografdan foydalangan holda yoki taxografni oʻchirib qoʻygan holda, haydovchining taxografda foydalaniladigan kartaga ega boʻlmagan holatida) amalga oshirish, shuningdek xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli boʻlmagan transport vositasini boshqarish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yuk avtotransportida tovar-transport yuk xatlarini, xalqaro yuk tashishda yoʻl varaqalarini, shuningdek yoʻlovchilar avtotransportida chipta-hisob va yoʻl varaqalarini yuritish boʻyicha belgilangan talablarni buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135¹, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 125¹-modda
Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizdan yigirma foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish, yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan yigirma foizdan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, oʻlchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 125²-modda
Boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuklarni va (yoki) yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish
Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj), agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlarda tashish bilan avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻtishi va tegishli tashish turini amalga oshirishi huquqini beruvchi ruxsatnomasiz shugʻullanish, ruxsatnoma toʻldirish boʻyicha talablarni buzish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakatlanish uchun moʻljallangan yoʻnalishlarga rioya etmaslik, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 125³-modda
Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish
Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 125⁴-modda
Avtomobil transportida muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish qoidalarini buzish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma yonida boʻlmagan holda yoʻlovchi tashish, belgilangan yoʻl haqi tariflarini oshirish, muntazam yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yoʻnalish sxemasidan chetga chiqish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 126-modda
Koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.