Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish
Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yongʻinga qarshi va avariya qutqaruv vositalari bilan taʼminlanmagan yoki qonunchilik talablariga zid ravishda qayta jihozlangan kemalardan yoxud kichik hajmli kemalardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Kemani yoki motorli kichik hajmli kemani kemalarni boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomondan boshqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Kemalardan yoki kichik hajmli kemalardan, shuningdek kemalar yoki kichik hajmli kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish, texnik nosozligi boʻlgan, foydalanilishi taqiqlangan kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish