Koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish