Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- MehnatLABOR · 465-modda
Vaxta usulida ishlash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini taʼminlash imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shaklidir. Vaxta usulida ishlash ish joyi xodimlarning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan yeridan sezilarli darajada uzoqda joylashganida ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻllaniladi. Vaxta usulidagi ishlarga jalb qilinadigan xodimlar ishlarni bajarish obyektida boʻlish davrida ish beruvchi tomonidan maxsus tashkil etiladigan, mazkur xodimlarning ishlarni bajarishi vaqtida hayot faoliyatini va smenalar oʻrtasida dam olishini taʼminlash uchun moʻljallangan binolar va inshootlar majmuidan iborat boʻlgan vaxta shaharchalarida yoxud shu maqsadlar uchun moslashtirilgan va ish beruvchining hisobidan haqi toʻlanadigan yotoqxonalarda, boshqa turar joylarda yashaydi. Agar vaxta obyektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni oʻz doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi. Ishning vaxta usulini qoʻllash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Ishni vaxta usulida tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
- MehnatLABOR · 466-modda
Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash
Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas: oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar; homilador ayollar; uch yoshgacha boʻlgan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy); tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi koʻrsatmalar boʻlgan shaxslar.
- MehnatLABOR · 467-modda
Vaxtaning davomiyligi
Vaxta obyektda ishlarni bajarish vaqtini va smenalar oʻrtasida dam olish vaqtini oʻz ichiga oluvchi umumiy davrdir. Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi kerak. Jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida belgilangan alohida hollarda ayrim obyektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
- MehnatLABOR · 468-modda
Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini hisobga olish
Vaxta usulida ishlash chogʻida ish vaqtini bir oy, chorak yoki boshqa uzoqroq muddatli davr uchun, lekin oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan davr uchun jamlab hisobga olish belgilanadi. Hisobga olish davri quyidagilarni qamrab oladi: xodimning vaxtada boʻlgan davridagi ish vaqtini; ish beruvchining joylashgan yeridan yoki toʻplanish joyidan to ish bajariladigan joyga borish va ortga qaytish chogʻida yoʻlda boʻlish vaqtini; mazkur kalendar davrga toʻgʻri keladigan dam olish vaqtini. Ish beruvchi vaxta usulida ishlaydigan har bir xodim ish vaqtining va dam olish vaqtining hisobini oyma-oy hamda butun hisobga olish davri uchun yuritishi shart.
- MehnatLABOR · 469-modda
Vaxta usulida ishlash chogʻida mehnat va dam olish rejimlari
Hisobga olish davri doirasida ish vaqti va dam olish vaqti ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan va amalga kiritilguniga qadar ikki oydan kechiktirmay xodimlar eʼtiboriga yetkaziladigan jadval bilan tartibga solinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jadvalda quyidagilar nazarda tutiladi: hisobga olish davrining davomiyligi; xodimlarni vaxtaga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish uchun zarur boʻlgan vaqt. Ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish chogʻida yoʻlda boʻlish kunlari ish vaqtiga kiritilmaydi hamda vaxtalar oʻrtasidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi mumkin; xodimning vaxtada boʻlgan davrida har kunlik ishning davomiyligi. Bunda shunday ishning cheklangan davomiyligi oʻn ikki soatdan oshmasligi kerak; vaxtada dam olish vaqti, bu xodimga quyidagilarni taqdim etishni oʻz ichiga oladi: ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (agar kunlik ishning (smenaning) davomiyligi sakkiz soatdan oshsa, ikkita tanaffus), ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra bunday tanaffusning imkoni boʻlmagan hollarda esa ish vaqtida xodimlarning ovqatlanish vaqtini belgilash va tashkil etish; har kunlik (smenalar oʻrtasidagi) dam olish, uning davomiyligi dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusni hisobga olgan holda kamida oʻn ikki soatni tashkil etishi kerak; vaxta davrida haftalik dam olish kunlari, agar ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra buning imkoni boʻlsa; vaxta oraligʻidagi dam olish vaqti, bunga jadvalda nazarda tutilgan ish vaqti normasidan ortiq ishlaganlik uchun otgul kunlari va bu davrga toʻgʻri keladigan dam olish kunlari kiradi. Otgul kunlari soni xodimning vaxtada boʻlgan davrida jadvalga muvofiq ortiqcha ishlangan umumiy soatlar sonini ish kuni davomiyligining belgilangan normasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Vaxtadagi ish jadvali doirasida toʻliq ish kuniga yetmaydigan ish vaqtining ortiqcha ishlangan soatlari kalendar yil mobaynida yigʻilib borishi va toʻliq ish kunlarigacha jamlanib, keyinchalik vaxta oraligʻidagi qoʻshimcha dam olish kunlari berilishi mumkin.
- MehnatLABOR · 47-modda
Xodimlar va ish beruvchilar vakillarining faoliyatiga toʻsqinlik qilishni taqiqlash
Xodimlar va ish beruvchilar vakillarining qonuniy faoliyatiga har qanday shaklda toʻsqinlik qilish taqiqlanadi. Ish beruvchilarning tashabbusi bilan xodimlar vakillarining faoliyatini tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Xodimlar vakillarining qonuniy faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan yoxud ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlarni sodir etgan ish beruvchilar, ular vakolat bergan shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladi. Xodimlar va ish beruvchilar vakillarining faoliyati oʻz taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda, shuningdek sudning qarori bilan tugatilishi mumkin.
- MehnatLABOR · 470-modda
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning ish vaqtidan tashqari ishi
Hisobga olish davrida xodim uchun jadvalda belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishlash vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun ish vaqtidan tashqari ishdir. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish ushbu Kodeks 189-moddasining oltinchi — oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda ushbu Kodeks 190-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ish vaqtidan tashqari ishning cheklangan davomiyligiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va ushbu Kodeksning 262-moddasiga muvofiq unga haq toʻlanishi lozim.
- MehnatLABOR · 471-modda
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili berishning oʻziga xos xususiyatlari
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili ular vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin berilishi kerak. Ushbu moddaning birinchi qismidagi talab vaxta usulida ishlovchi shaxslarning taʼtillar jadvalini tuzish chogʻida hisobga olinishi kerak. Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat taʼtilining tugashi vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan: vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishi; vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishi; xodimni vaxtaning boshqa smenasiga oʻtkazishi mumkin.
- MehnatLABOR · 472-modda
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq toʻlash, kafolatlar va kompensatsiyalar
Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq toʻlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi: vaxta vaqtida bajarilgan ish uchun haq toʻlashni; vaxtada ortiqcha ishlangan vaqt uchun vaxtalar oraligʻidagi qoʻshimcha dam olish kunlariga haq toʻlashni; vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama haqni va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan oʻzga toʻlovlarni. Agar jamoa shartnomasida, ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida yuqoriroq haq toʻlash belgilanmagan boʻlsa, vaxtadagi ish jadvali doirasidagi ish vaqtida ortiqcha ishlaganlik munosabati bilan har bir dam olish kuni (vaxtalar oraligʻidagi dam olish kuni) uchun kunlik tarif stavkasi, kunlik stavka (bir kunlik ish uchun maoshining bir qismi) miqdorida haq toʻlanadi. Vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida boʻlgan har bir kalendar kun uchun, shuningdek ish beruvchining joylashgan yeridan (yigʻilish punktidan) ish joyigacha borish va orqaga qaytish chogʻida yoʻlda boʻlingan haqiqiy kunlar uchun sutkalik oʻrniga vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama toʻlanadi. Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama miqdori va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Boshqa ish beruvchilarda vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama miqdori va toʻlash tartibi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida belgilanadi. Hududida ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar qoʻllaniladigan tumanlarga vaxta usulida ishlarni bajarish uchun chiqadigan xodimlarga bu koeffitsiyentlar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarga muvofiq hisoblanadi. Vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, ish beruvchining joylashgan yeridan (yigʻilish punktidan) ish bajariladigan joygacha borish va u yerdan qaytish chogʻida yoʻlda boʻlish vaqti uchun, shuningdek meteorologik sharoitlar yoki transport tashkilotlarining aybi tufayli yoʻlda qolib ketish vaqti uchun xodimga oʻtgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida aniqlanadigan oʻrtacha kunlik stavka miqdoridan kelib chiqqan holda kompensatsiya toʻlanadi.
- MehnatLABOR · 473-modda
Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari
Zararli (oʻta zararli) va (yoki) xavfli (oʻta xavfli) ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari noqulay mehnat sharoitlaridir. Xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari ishlab chiqarish omillaridir. Xodimga taʼsiri kasb kasalligiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari zararli mehnat sharoitlaridir. Xodimga taʼsiri uning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari xavfli mehnat sharoitlaridir. Miqdoriy tavsifiga va taʼsir koʻrsatishning davomiyligiga qarab ayrim zararli ishlab chiqarish omillari xavfli boʻlishi mumkin. Kasb kasalliklarining ogʻir shakllarini (umumiy mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi) yoxud surunkali kasalliklar sonining ancha oʻsishini va mehnat qobiliyatining vaqtincha yoʻqotilishi kuzatiladigan kasallanishning yuqori darajalarini keltirib chiqaradigan zararli ishlab chiqarish omillari darajalari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari oʻta zararli mehnat sharoitlaridir. Smena davomida oʻlimga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omillari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari oʻta xavfli mehnat sharoitlaridir. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari deganda xodim tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishga va uning choʻl joylarda, baland togʻli, borish qiyin boʻlgan joylarda, shuningdek noqulay ekologik vaziyatga ega boʻlgan joylarda istiqomat qilishiga noqulay taʼsir koʻrsatadigan tabiiy-iqlim, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy-biologik omillar yigʻindisi tushuniladi. Mehnat qilish uchun noqulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan joylar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
- MehnatLABOR · 474-modda
Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish
Mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish asosida aniqlanadigan, mehnat sharoitlari xodimning mehnat qobiliyatiga va sogʻligʻiga nomaqbul taʼsir koʻrsatadigan ish oʻrinlarida band boʻlgan xodimlar mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlardir. Mehnat sharoitlarini, ish oʻrinlaridagi mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligini hamda asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfini baholash, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini aniqlash, shuningdek mehnat sharoitlarini, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligini qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlar majmui ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazishdir. Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
- MehnatLABOR · 475-modda
Mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlarga qoʻshimcha kafolatlar
Mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlarga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, taʼtillar, mehnatga haq toʻlash, shuningdek boshqa mehnat sharoitlari borasida qoʻshimcha kafolatlar beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlarga kafolatlarning eng past darajasi qonunchilikda belgilanadi. Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan boshqa ichki hujjatlarda mazkur toifadagi xodimlarga qoʻshimcha kafolatlar berish nazarda tutilishi mumkin.
- MehnatLABOR · 476-modda
Mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Ish beruvchi noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (ish jarayonida) majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini tashkil etishi shart. Bajarilishi chogʻida dastlabki va davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻtkaziladigan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxati hamda majburiy tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
- MehnatLABOR · 477-modda
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi
Mehnat jarayonida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsiriga duchor boʻladigan xodimlarga haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi. Bunday ishlar roʻyxati va ularni bajarishdagi ish vaqtining aniq davomiyligi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar ular tuzilmagan boʻlsa — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish asosida belgilanadi. Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
- MehnatLABOR · 478-modda
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — yetti soatu oʻttiz daqiqadan ortiq boʻlmasligi kerak. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi: oʻttiz soatli olti kunlik ish haftasida — besh soatdan, oʻttiz soatli besh kunlik ish haftasida esa — olti soatdan ortiq boʻlmasligi kerak; yigirma toʻrt soatli olti kunlik ish haftasida — toʻrt soat, yigirma toʻrt soatli besh kunlik ish haftasida esa — besh soatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
- MehnatLABOR · 479-modda
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi kuniga ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq boʻlmasligi kerak. Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish taqiqlanadi.
- MehnatLABOR · 48-modda
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimi
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlari tizimini boshlangʻich, hududiy, tarmoq va respublika darajalarida tuziladigan ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar tashkil etadi. Xodimlar va (yoki) ish beruvchilar tomonidan vakolat berilgan bir necha vakillar mavjud boʻlgan taqdirda, ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar tarkibi mutanosib vakillik prinsipi asosida, taqdim etilayotgan xodimlar va ish beruvchilarning soniga qarab shakllantiriladi.
- MehnatLABOR · 480-modda
Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qoʻllashdagi cheklovlar
Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
- MehnatLABOR · 481-modda
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qoʻshimcha taʼtil
Noqulay mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlar yillik qoʻshimcha taʼtil olish huquqiga ega. Qoʻshimcha taʼtil olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyxati, taʼtillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi. Noqulay mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga beriladigan yillik qoʻshimcha taʼtilning eng qisqa davomiyligi, shuningdek noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qoʻshimcha taʼtillarni berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
- MehnatLABOR · 482-modda
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida xodimlar uchun xuddi ish vaqtining normal davomiyligida boʻlgani kabi miqdorda amalga oshiriladi. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash oshirilgan miqdorda belgilanadi. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haqni oshirishning eng kam miqdori normal mehnat sharoitlaridagi har xil turdagi ishlar uchun belgilangan tarif stavkasining (maoshning) toʻrt foizini tashkil etadi. Mehnat haqini oshirishning aniq miqdorlari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.