Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
MehnatLABOR · 471-modda

Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili berishning oʻziga xos xususiyatlari

Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili ular vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin berilishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi qismidagi talab vaxta usulida ishlovchi shaxslarning taʼtillar jadvalini tuzish chogʻida hisobga olinishi kerak.

Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat taʼtilining tugashi vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan:

vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishi;

vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishi;

xodimni vaxtaning boshqa smenasiga oʻtkazishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.