Noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qoʻshimcha taʼtil
Noqulay mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlar yillik qoʻshimcha taʼtil olish huquqiga ega.
Qoʻshimcha taʼtil olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyxati, taʼtillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga beriladigan yillik qoʻshimcha taʼtilning eng qisqa davomiyligi, shuningdek noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qoʻshimcha taʼtillarni berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish