Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 179²-modda
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur maʼlumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati toʻgʻrisida fuqarolarni xabardor qilish, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini tayinlash va berish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 179³-modda
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri axborot taqdim etganlik, qonunchilik talablarining pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyishga yoki operatsiyalarni toʻxtatib turishga oid qismini ijro etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni gʻayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoxud oshkor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 179⁴-modda
Birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 179⁵-modda
Qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish
Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoki mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish, yaʼni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki koʻpaytirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik yoxud jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 18-modda
Zaruriy mudofaa
Ushbu Kodeksda yoki maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilovchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, lekin zaruriy mudofaa holatida, yaʼni shaxsni yoki mudofaalanuvchining yoxud boshqa shaxsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini gʻayrihuquqiy tajovuzlardan shunday tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yoʻli bilan himoya qilish vaqtida, basharti bunda zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketilishiga yoʻl qoʻyilmagan boʻlsa, sodir etilgan harakatlar maʼmuriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 180-modda
Sudga hurmatsizlik qilish
Guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 181-modda
Sudning xususiy ajrimi (qarori) boʻyicha choralar koʻrmaslik
Mansabdor shaxs tomonidan sud chiqargan xususiy ajrimni (qarorni) koʻrib chiqmaslik yoxud ajrimda (qarorda) koʻrsatilgan qonunni buzish hollarini bartaraf etish choralarini koʻrmaslik, xuddi shuningdek xususiy ajrimga (qarorga) oʻz vaqtida javob bermaslik — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 182-modda
Xalq maslahatchisining sudga borishiga toʻsqinlik qilish
Mansabdor shaxsning xalq maslahatchisi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sudga borishiga toʻsqinlik qilishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 183-modda
Mayda bezorilik
Mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 184²-modda
Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, — materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 184³-modda
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, — materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 184⁴-modda
Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan koʻrinishda boʻlish
Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini toʻsgan holda boʻlish, bundan tibbiy koʻrsatmaga asosan yoki yoʻl-transport harakatida xavfsizlikni taʼminlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bogʻliq hollarda yuzini toʻsgan holda boʻlish yoki sport va madaniy tadbirlarni oʻtkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini toʻsgan holda boʻlishi, shuningdek qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini toʻsgan holda boʻlish mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 185-modda
Quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish
Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tigʻli sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish — qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Oʻqotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish — qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 185¹-modda
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi
Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 185²-modda
Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish
Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida olib yurish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 185³-modda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada boʻlishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi
Tigʻining yoki keskichining (damining) uzunligi toʻqson millimetrdan ortiq boʻlgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud ogʻirlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda oʻrnashadigan tigʻli sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qoʻllash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi taʼsirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, — mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 185⁴-modda
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, — uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz ixtiyori bilan topshirsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 185⁵-modda
Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi
Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, basharti ushbu Kodeksning 116¹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 186-modda
Fuqarolarning xonaki usulda hozirlanadigan oʻtkir spirtli ichimliklarni sotish maqsadida tayyorlashi yoki sotishi
Fuqarolarning xonaki usulda hozirlanadigan oʻtkir spirtli ichimliklarni sotish maqsadida tayyorlashi yoki sotishi — sotishga moʻljallangan ashyolarni va tayyorlash vositalarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 186¹-modda
Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish
Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ortiq boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni olish yoki saqlash, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni topshirsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.