Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 184⁴-modda

Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan koʻrinishda boʻlish

Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini toʻsgan holda boʻlish, bundan tibbiy koʻrsatmaga asosan yoki yoʻl-transport harakatida xavfsizlikni taʼminlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bogʻliq hollarda yuzini toʻsgan holda boʻlish yoki sport va madaniy tadbirlarni oʻtkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini toʻsgan holda boʻlishi, shuningdek qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini toʻsgan holda boʻlish mustasno, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.