Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur maʼlumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati toʻgʻrisida fuqarolarni xabardor qilish, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish