Meros ulushlarining ortishi
Merosxoʻr merosdan voz kechgan yoxud ushbu Kodeksning 1119-moddasida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha merosxoʻrlar orasidan chiqib ketgan taqdirda merosning unga tegadigan qismi vorislikka chaqirilgan qonun boʻyicha merosxoʻrlarga oʻtadi va ular oʻrtasida merosdagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Agar meros qoldiruvchi barcha mol-mulkni oʻzi tayinlagan merosxoʻrlarga vasiyat qilgan boʻlsa, merosning merosdan voz kechgan yoki merosxoʻrlar qatoridan chiqib ketgan merosxoʻrga tegishli boʻlgan qismi qolgan vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlarga oʻtadi va, agar vasiyatnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ular oʻrtasida merosdagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar:
agar voz kechgan yoki merosxoʻrlar qatoridan chiqib ketgan merosxoʻr oʻrniga boshqa merosxoʻr tayinlangan;
merosxoʻr merosdan muayyan shaxs foydasiga voz kechgan;
qonun boʻyicha vorislikda merosxoʻrning voz kechishi yoki merosxoʻrlar qatoridan chiqib ketishi vorislikka keyingi navbatdagi merosxoʻrlarni chaqirishga sabab boʻlgan hollarda qoʻllanilmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish