Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1151-modda

Hozir boʻlmagan merosxoʻrlarning huquqlari

Agar merosxoʻrlar orasida turgan joyi nomaʼlum shaxslar boʻlsa, qolgan merosxoʻrlar, vasiyatnomani ijro etuvchi (meros boshqaruvchisi) va notarius ularning turgan joyini aniqlash hamda ularni vorislikka chaqirish yuzasidan zarur choralarni koʻrishlari shart.

Agar turgan joyi aniqlanib, meros olishga chaqirilgan-u, lekin hozir boʻlmagan merosxoʻr merosdan voz kechmagan boʻlsa, qolgan merosxoʻrlar merosni taqsimlash niyatlari toʻgʻrisida uni xabardor qilishlari shart. Agar hozir boʻlmagan merosxoʻr xabar qilingan paytdan eʼtiboran uch oy ichida qolgan merosxoʻrlarni merosni taqsimlash haqidagi kelishuvda ishtirok etish istagi toʻgʻrisida xabardor qilmasa, qolgan merosxoʻrlar hozir boʻlmagan merosxoʻrga tegishli boʻlgan ulushni ajratib, oʻzaro kelishuvga koʻra meros taqsimotini amalga oshirishga haqlidirlar.

Agar hozir boʻlmagan merosxoʻrning turgan joyi meros ochilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida aniqlanmasa va uning merosdan voz kechishi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, qolgan merosxoʻrlar meros taqsimotini ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari boʻyicha amalga oshirishga haqlidirlar.

Homila boʻlgan, biroq hali tugʻilmagan merosxoʻr boʻlsa, merosni taqsimlash bunday merosxoʻr tugʻilganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

Agar homila holida boʻlgan, biroq hali tugʻilmagan merosxoʻr tirik tugʻilsa, qolgan merosxoʻrlar unga tegishli boʻlgan meros ulushini ajratgan holdagina merosni taqsimlashni amalga oshirishga haqlidirlar. Meros taqsimotida chaqaloqning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organining vakili taklif etilishi lozim.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.