Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1148-modda

Merosdan voz kechish huquqining cheklanishi

Agar merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli.

Merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʼi nazar, voz kechishga haqli.

Merosxoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli.

Ushbu moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.