Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1144-modda

Qonun boʻyicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish

Mol-mulkning bir qismi vasiyatnoma boʻyicha meros qilib olingan taqdirda, meros qoldiruvchi tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi butun merosni, shu jumladan uning qonun boʻyicha vorislik tartibida oʻtadigan qismini ham muhofaza qiladi va boshqaradi.

Ushbu Kodeksning 1131-moddasiga muvofiq vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar yoki sud tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi, agar qonun boʻyicha merosxoʻrlar merosning qonun boʻyicha vorislik qilish tartibida oʻtadigan qismiga nisbatan koʻrsatilgan majburiyatlarni ijro etish uchun meros boshqaruvchisini tayinlashni talab qilmasalar, umuman butun merosni muhofaza qilish hamda uni boshqarish majburiyatlarini amalga oshiradi.

Merosni boshqaruvchi qonun boʻyicha merosxoʻrlardan bir yoki bir nechtasining iltimosiga binoan meros ochilgan joydagi notarius tomonidan tayinlanadi. Merosni boshqaruvchi tayinlanishiga yoki bu ish uchun tanlangan nomzodga rozi boʻlmagan qonun boʻyicha merosxoʻr merosni boshqaruvchi tayinlanishiga qarshi sudga murojaat etishga haqli.

Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlar boʻlmasa yoki nomaʼlum boʻlsa, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini soʻrab notariusga murojaat etishi lozim. Qonun boʻyicha merosxoʻrlar hozir boʻlganlari taqdirda, ularning talabi bilan merosni boshqaruvchi meros hisobidan zarur boʻlgan xarajatlar va oqilona haq toʻlangan holda chaqirib olinishi mumkin.

Merosni boshqaruvchi ushbu Kodeksning 1131-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni, agar qonun boʻyicha vorislik xususiyatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, vasiyatnomani ijro etishga nisbatan amalga oshiradi.

Merosni boshqaruvchi merosni muhofaza qilish va uni boshqarishga doir zarur xarajatlarni meros hisobidan undirish, agar merosxoʻrlar bilan kelishuvida boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, haq ham olish huquqiga egadir.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.