Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1140¹-modda

Merosni qabul qilib olish huquqining oʻtishi (meros transmissiyasi)

Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.

Vafot etgan merosxoʻrga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.

Merosxoʻrning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlariga oʻtmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.