Taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik
Taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik qonun boʻyicha merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga oʻtishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun boʻyicha merosxoʻr bilan bir xil darajada qarindosh boʻlgan avlodlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Bola, nevara, chevara, evara merosxoʻrligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi, yon qarindoshlik boʻyicha merosxoʻrlikda taqdim qilish huquqiga meros qoldiruvchining tugʻishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan uning jiyanlari yoxud meros qoldiruvchining tugʻishgan amakisi (togʻasi) yoki ammasi (xolasi) nomidan uning amakivachchalari (togʻavachchalari) va ammavachchalari (xolavachchalari) ega boʻladilar.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish