Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1133-modda

Majburiyat yuklash

Vasiyat qiluvchi vasiyat boʻyicha merosxoʻr zimmasiga biron-bir harakatni sodir etish yoki sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklab, bu majburiyatni bajarishni kreditor sifatida talab qilish huquqini hech kimga bermasligi mumkin. Umumiy foydali maqsadni amalga oshirish uchun vasiyatnomani ijro etuvchining zimmasiga xuddi shunday majburiyat yuklatilib, bu majburiyatni bajarish uchun meros qoldiruvchi tomonidan mol-mulkning bir qismi ajratilishi mumkin.

Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan xatti-harakatni sodir etishdan iborat majburiyatga nisbatan tegishincha ushbu Kodeksning 1132-moddasida bayon etilgan qoidalar qoʻllaniladi.

Agar ushbu Kodeksga muvofiq, majburiyatni bajarish zimmasida boʻlgan merosxoʻrga tegishi lozim boʻlgan yoki unga qarashli boʻlgan meros ulushi boshqa merosxoʻrga oʻtsa, majburiyatni bajarish bekor boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.