Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1122-modda

Vorisdan keyingi vorislarni tayinlash

Vasiyat qiluvchi vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etishi, merosni qabul qilmasligi yoxud undan voz kechishi yoki noloyiq merosxoʻr sifatida ushbu Kodeksning 1119-moddasida nazarda tutilgan tartibda meros olishdan chetlashtirilishi ehtimolini, shuningdek vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻr meros qoldiruvchining qonuniy shartlarini bajarmasligi ehtimolini nazarda tutgan holda boshqa merosxoʻrni (vorisdan keyingi vorisni) tayinlashi mumkin.

Ushbu Kodeksga muvofiq merosxoʻr boʻla oladigan har qanday shaxs vorisdan keyingi voris etib tayinlanishi mumkin.

Vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrning vorisdan keyingi voris zarariga merosdan voz kechishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.