FuqarolikCIVIL · 1121-modda
Shartli vasiyatnoma
Vasiyat qiluvchi merosning olinishi uchun merosxoʻr xulq-atvorining xususiyatini qonuniy ravishda shart qilib qoʻyishga haqli.
Merosxoʻrni tayinlash yoki vorislik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi farmoyishga kiritilgan gʻayriqonuniy shartlar haqiqiy boʻlmaydi.
Vasiyatnomaga kiritilgan boʻlib, merosxoʻr oʻz salomatligining ahvoliga koʻra yoki boshqa obyektiv sabablar tufayli bajara olmaydigan shartlar merosxoʻrning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish