FuqarolikCIVIL · 1189-modda
Shartnoma taraflarining kelishuviga koʻra huquqni tanlash
Shartnoma, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakat huquqi bilan tartibga solinadi.
Shartnoma taraflari qoʻllaniladigan huquqni umuman shartnoma uchun ham, uning alohida qismlari uchun ham tanlab olishlari mumkin.
Qoʻllaniladigan huquq taraflar tomonidan shartnoma tuzilayotganda ham, undan keyin ham istalgan vaqtda tanlanishi mumkin. Taraflar, shuningdek istalgan vaqtda shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan huquqni oʻzgartirish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish