FuqarolikCIVIL · 1196-modda
Asossiz boylik orttirish
Asossiz boylik orttirish natijasida vujudga keladigan majburiyatlarga nisbatan boylik orttirilgan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi.
Agar asossiz boylik orttirish mol-mulkni sotib olish yoki tejab qolishga doir asoslar bekor boʻlishi natijasida vujudga kelsa, qoʻllaniladigan huquq bu asos boʻysundirilgan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi. Asossiz boylik orttirish tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha belgilanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish