FuqarolikCIVIL · 1195-modda
Isteʼmolchiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Tovarni sotib olish, ishni bajarish yoki xizmatni koʻrsatish munosabati bilan isteʼmolchi koʻrgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabga nisbatan isteʼmolchining xohishiga koʻra:
isteʼmolchining turar joyi joylashgan mamlakatning huquqi;
ishlab chiqaruvchi yoki ishni bajargan, xizmat koʻrsatgan shaxsning turar joyi yoki manzili joylashgan mamlakatning huquqi;
isteʼmolchi tovarni sotib olgan, ish natijasini qabul qilgan yoki unga xizmat koʻrsatilgan mamlakatning huquqi qoʻllanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish