FuqarolikCIVIL · 1194-modda
Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha huquq va majburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat yuz bergan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi.
Chet elda zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha huquq va burchlar, agar fuqarolar yoki yuridik shaxslar ayni bitta davlatdan boʻlsalar, shu davlat huquqi bilan belgilanadi.
Agar zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi boʻyicha gʻayriqonuniy boʻlmasa, chet el huquqi qoʻllanmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish