Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1192-modda

Qoʻllaniladigan huquqning amal qilish doirasi

Ushbu paragrafning qoidalaridan kelib chiqib shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan huquq:

shartnomaning talqinini;

taraflarning huquq va majburiyatlarini;

shartnomaning ijrosini;

shartnomani umuman yoki tegishli darajada ijro etmaslik oqibatlarini;

shartnomaning toʻxtatilishini;

shartnomaning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligi yoki haqiqiy emas deb topilishi oqibatlarini;

shartnoma munosabati bilan talablarning bahridan oʻtish va qarzni oʻtkazishni qamrab oladi.

Ijro etish usullari va tartibiga, shuningdek tegishli darajada ijro etilmagan taqdirda koʻrilishi lozim boʻlgan choralar borasida qoʻllanilayotgan huquqdan tashqari ijro amalga oshirilayotgan mamlakatning huquqi ham eʼtiborga olinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.