Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1163-modda

Huquqni oʻzarolik asosida qoʻllash

Sud yoki boshqa davlat organi oʻzi koʻrib chiqayotganiga oʻxshash munosabatlarga nisbatan tegishli chet davlatda Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligidan qatʼi nazar, ana shu chet davlatning huquqini qoʻllayveradi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunida chet el huquqini oʻzarolik asosida qoʻllash nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Agar chet el huquqini qoʻllash oʻzarolikka bogʻliq boʻlsa, boshqacha holat isbotlanmaganligi sababli u mavjud deb taxmin qilinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.