FuqarolikCIVIL · 1188-modda
Ashyoviy huquqlarni himoya qilish
Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan ariza beruvchining tanlovi boʻyicha mol-mulk turgan mamlakatning huquqi yoki sud qaysi mamlakatga qarashli boʻlsa, oʻsha mamlakatning huquqi qoʻllanadi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan bu mulk turgan mamlakatning huquqi qoʻllanadi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat reyestrida qayd etilgan mol-mulkka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish