Noloyiq merosxoʻrlarni merosdan chetlatish
Meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxoʻrlardan birortasini qasddan oʻldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi oʻz hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyatnoma bergan shaxslar bundan mustasno.
Meros qoldiruvchi oʻzining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga qasddan toʻsqinlik qilgan va shu orqali oʻzlarining yoki oʻzlariga yaqin shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning oʻzlariga yoki oʻzlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi koʻpaytirilishiga imkon yaratgan shaxslar vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham meros olish huquqiga ega emaslar.
Bolalariga nisbatan ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan va meros ochilgan paytda bu huquqlari tiklanmagan ota-onalar ana shu bolalardan qolgan mulkka voris boʻlish huquqiga ega emaslar, shuningdek meros qoldiruvchiga taʼminlab turish yuzasidan qonunga koʻra zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlagan ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va voyaga yetgan bolalar (farzandlikka olinganlar) qonun boʻyicha vorislik qilish huquqiga ega emaslar.
Noloyiq merosxoʻrlarni vorislikdan chetlatish uchun asos boʻladigan holatlar bunday chetlatish keltirib chiqaradigan vorislik bilan bogʻliq mulkiy oqibatlarga daxldor shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan belgilanadi.
Ushbu modda qoidalari vasiyat majburiyatiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ushbu moddaning qoidalari har qanday merosxoʻrlarga, shu jumladan majburiy hissa olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlarga ham taalluqlidir.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish