Merosning ochilishi
Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi.
Meros qoldiruvchining oʻlgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot etgan deb eʼlon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli boʻlgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma toʻrt soat) ichida vafot etgan boʻlsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxoʻrlari vorislikka chaqiriladilar.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish