FuqarolikCIVIL · 1184-modda
Ashyoviy huquqlarga nisbatan qoʻllaniladigan huquq toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Koʻchmas va koʻchar mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.
Mol-mulkning koʻchmas yoki koʻchar ashyolarga mansubligi, shuningdek mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish