Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1158-modda

Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni belgilash

Chet el fuqarolari yoki chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi yoxud chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquq ushbu Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar va eʼtirof etilgan xalqaro taomillar asosida, shuningdek taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.

Taraflarning huquqni tanlashga doir kelishuvi ochiq ifodalangan boʻlishi yoki bevosita shartnoma talablaridan va ishning koʻrib chiqilayotgan barcha holatlaridan kelib chiqishi lozim.

Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni aniqlashning imkoni boʻlmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bogʻlangan huquq qoʻllanadi.

Chet el huquq normasi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega boʻlganligiga asoslanibgina uni qoʻllashni cheklash mumkin emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.