FuqarolikCIVIL · 1161-modda
Qarshi tomon va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish
Ushbu boʻlim qoidalariga muvofiq, chet el huquqiga har qanday havola etish tegishli mamlakatning kollizion huquqiga emas, balki moddiy huquqiga havola etish deb qaralishi lozim, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chet el huquqi ushbu Kodeksning 1168-moddasiga, 1169-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga, 1171 va 1174-moddalariga muvofiq qoʻllanilgan hollarda qarshi tomon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi huquqiga va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish qabul qilinadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish