Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash
Chet el huquqini qoʻllanishda sud yoki boshqa davlat organi uning normalari mazmunini bu normalarning tegishli xorijiy davlatda rasmiy talqin etilishi, qoʻllanish amaliyoti va doktrinasiga muvofiq aniqlaydi.
Sud yoki boshqa davlat organi chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirishlar soʻrab Adliya vazirligiga va boshqa milliy vakolatli organlar hamda muassasalarga, shu jumladan chet eldagi organlar va muassasalarga murojaat etishi yoxud ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar oʻz talablari yoki eʼtirozlarini asoslash uchun oʻzlari vaj keltirayotgan chet el huquqi normalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishga va bu normalarning mazmunini aniqlashda sudga yoki boshqa davlat organlariga boshqacha tarzda yordamlashishga haqlidirlar.
Agar ushbu moddaga muvofiq koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay, chet el huquqi normalarining mazmuni oqilona muddatlarda aniqlanmasa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllaniladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish