Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1159-modda

Huquqiy baho berish

Yuridik tushunchalarga sud yoki boshqa davlat organi tomonidan huquqiy baho berilishida, agar qonunda boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday yuridik tushunchalarni nizo koʻrib chiqilayotgan mamlakat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiga muvofiq sharhlashga asoslanadi.

Agar yuridik tushunchalar nizo koʻrib chiqilayotgan mamlakat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiga nomaʼlum boʻlsa yoki boshqa nom yoxud boshqa mazmun bilan maʼlum boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha talqin etish orqali aniqlanishi mumkin boʻlmasa, ularga huquqiy baho berishda chet davlat huquqi ham qoʻllanishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.