Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1109-modda

Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi

Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs bu nomni tovarda, idish va oʻrovda, reklamada, bosma maʼlumotnomalarda, hisobvaraqlarda ishlatish hamda ushbu tovarning fuqarolik muomalasiga kiritilishi munosabati bilan joy nomidan boshqacha tarzda foydalanishga haqlidir.

Tovar chiqarilgan joyning nomi ushbu Kodeks 1108-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida aytib oʻtilgan talablarga javob beradigan tovarni belgilash uchun bir necha shaxs tomonidan ham birgalikda, ham bir-biridan mustaqil tarzda roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi ana shu shaxslarning har biriga tegishlidir.

Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, uni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi boshqa bitimlarga va uni litsenziya asosida foydalanish uchun berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.