Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1110-modda

Tovar chiqarilgan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza etishning amal qilish sohasi

Oʻzbekiston Respublikasida uning hududidagi tovarlar chiqarilgan joylarning nomlari huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Boshqa davlatdagi tovar chiqarilgan joy nomi, basharti bu nom tovar chiqarilgan mamlakatda, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.