Tovar chiqarilgan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Tovar chiqarilgan joy nomi uni roʻyxatga olish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan ana shu joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va bu omillarning oʻzaro birikmasi bilan belgilanadigan tovar chiqarilgan joy nomi (kelib chiqish koʻrsatkichi) deb eʼtirof etiladi.
Joʻgʻrofiy obyektning tarixiy nomi tovar chiqarilgan joyning nomi boʻlishi mumkin.
Garchi joʻgʻrofiy obyektning nomi boʻlsa-da yoki shu nomni oʻz tarkibiga olgan boʻlsa-da, ammo Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovarning u tayyorlangan joy bilan bogʻliq boʻlmagan belgisi sifatida umumiy isteʼmolga kirib ketgan belgi tovar chiqarilgan joy nomi deb eʼtirof etilmaydi va ushbu paragraf qoidalariga muvofiq huquqiy muhofaza maqsadlarida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. Biroq bu hol bunday nomdan insofsizlik bilan foydalanish natijasida huquqi buzilgan shaxsni oʻz huquqlarini qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan muhofaza qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Tovar chiqarilgan joy nomini vakolatli davlat organi roʻyxatdan oʻtkazadi.
Roʻyxatga olish asosida tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Roʻyxatga olish, guvohnoma berish, roʻyxatga olishni haqiqiy emas deb topish hamda roʻyxatga olish va guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish tartibi va shartlari qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish