Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1107-modda

Tovar belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun javobgarlik

Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni toʻxtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni toʻlashi shart. Tovar belgisining egasi tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga qonunda belgilangan miqdorda va tartibda tovon toʻlashini talab qilishga haqlidir.

Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda ularning oʻrovlari va yorliqlari qoidabuzar hisobidan olib qoʻyilishi hamda yoʻq qilinishi lozim.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.