Turdosh huquqlarning muhofaza belgilari
Fonogrammaga va (yoki) bunday fonogrammaga yozilgan ijroga boʻlgan mutlaq huquqlar egalari oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning muhofaza belgisidan foydalanishlari mumkin boʻlib, bu belgi fonogrammaning har bir nusxasida va (yoki) u saqlanadigan har bir gʻilofda aks ettiriladi hamda quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi:
aylana ichidagi lotincha “P” harfi;
mutlaq turdosh huquqlar egasining ismi (nomi);
fonogramma birinchi marta chop etilgan yil.
Nomi yoki ismi ushbu fonogrammada va (yoki) u saqlanadigan gʻilofda odatiy tarzda koʻrsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan boʻlsa, fonogrammani tayyorlovchi deb eʼtirof etiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish