Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1079-modda

Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari

Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotga oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishda ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq mutlaq huquqlar tegishlidir.

Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:

koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi);

koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvining asl nusxasi yoxud nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi);

koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvini barchaning eʼtiboriga yetkazish (barchaning eʼtiboriga yetkazish huquqi);

koʻrsatuv yoki eshittirishni yozib olish (yozib olish huquqi);

kirish pulli joylarda koʻrsatuv yoki eshittirishni barchaning eʼtibori uchun yuborish (kirish pulli joylarda barchaning eʼtibori uchun yuborish huquqi);

koʻrsatuv yoki eshittirishni retranslyatsiya qilish (retranslyatsiya huquqi);

koʻrsatuv yoki eshittirishni kabel orqali barchaning eʼtibori uchun yuborish yoxud koʻrsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish (koʻrsatuv yoki eshittirishni kabel orqali yuborish yoki efirga uzatish huquqi).

Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.

Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mutlaq huquqlari shartnoma boʻyicha boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan tegishincha ushbu Kodeksning 1067, 1068 va 1069-moddalari qoidalari qoʻllaniladi.

Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar oʻz huquqlarini foydalaniladigan asarlarning mualliflari hamda ijrolarning ijrochilari huquqlariga, tegishli hollarda esa fonogrammalarni tayyorlovchilar hamda efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.

Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvi yoki eshittirishidan daromad olish maqsadida foydalanilganligidan yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, koʻrsatuv yoki eshittirishdan foydalanilgan deb hisoblanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.