Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1048-modda

Hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqi

Hosila asar muallifiga fan, adabiyot va sanʼat asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga boʻlgan mualliflik huquqi tegishlidir.

Hosila asar muallifi qayta ishlangan asar muallifi huquqlariga rioya etgan taqdirda, oʻzi yaratgan asarga mualliflik huquqidan foydalanadi.

Hosila asar muallifining mualliflik huquqi qayta ishlashga asos boʻlgan asarni boshqa shaxslar ham oʻzlari qayta ishlashlariga toʻsqinlik qilmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.