Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanuvchi asarning qismlari, hosila va jamlama asarlar
Ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan:
asarning mustaqil ravishda foydalanilishi mumkin boʻlgan qismlari (shu jumladan uning nomi);
hosila asarlar (tarjimalar, ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar, soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot va sanʼat asarlarining boshqa qayta ishlanmalari);
toʻplamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, maʼlumotlar bazalari) va materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga koʻra ijodiy mehnat natijasi boʻlgan boshqa jamlama asarlar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanadi.
Hosila va jamlama asarlar, ularning yaratilishi uchun asos boʻlgan yoki ularning tarkibiga kirgan asarlar mualliflik huquqi obyektlari boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish