Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1037-modda

Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma

Muallif intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha kelgusida asar, ixtiro yoki boshqa intellektual faoliyat natijasini yaratish va oʻzining ish beruvchisi boʻlmagan buyurtmachiga bu natijadan foydalanish uchun mutlaq huquqlar berish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnoma yaratilishi lozim boʻlgan intellektual faoliyat natijasining xususiyatini, shuningdek undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini belgilashi lozim.

Muallif zimmasiga ushbu muallif kelgusida yaratadigan har qanday intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish uchun mutlaq huquqlarni birorta shaxsga berish majburiyatini yuklaydigan shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.

Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaning muallifning kelgusida muayyan turdagi yoxud muayyan sohadagi intellektual faoliyat natijalarini yaratishini cheklaydigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.