FuqarolikCIVIL · 1028-modda
Jabrlanuvchiga olinmagan daromadlarni toʻlash
Mol-mulkni asossiz olgan yoki tejab qolgan shaxs boylikning asossiz orttirilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan vaqtdan boshlab ana shu mol-mulkdan chiqarib olgan yoki chiqarib olishi lozim boʻlgan barcha daromadlarni jabrlanuvchiga qaytarishi yoki toʻlashi shart.
Asossiz orttirilgan pul summasiga, qoʻlga kirituvchi pul mablagʻlarini olish yoki tejab qolishning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan vaqtdan boshlab, oʻzganing mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish